Karrager Sanchoni qisman tanqid qildi!

  • 10 sentabr, 23:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho yozgi transfer oynasida "Aston Villa"ga ijara asosida o‘tdi. Ammo sobiq "Liverpul" himoyachisi Jeymi Karrager unda iste’dod jihatidan alohida ko‘zga tashlanadigan jihat yo‘q, deb hisoblaydi.

Tecno

"Sancho bilan qiziq voqea bo‘lgan. U Dortmundning "Borussiya"sida o‘ynaganida, biz Gari Nevill bilan birgalikda Angliya terma jamoasi uchun tarkib tuzishimiz kerak edi. U Liga chempionatida yaxshi o‘ynagan, ammo biz uni tanlamaganmiz. Shunda ijtimoiy tarmoqlarda: “Qanday qilib Sancho kirmadi?” degan gaplar ko‘paydi.

Men hali ham unda alohida katta qobiliyat borligiga ishonchim yo‘q. Albatta, yomon o‘yinchi emas, lekin uning nimasi bilan ajralib turishini tushuna olmayman. Masalan, Markus Reshfordni ko‘p tanqid qilganman, ammo unda tezlik, aniq zarbalar, standartlardan gol urish mahorati bor. Sanchoda esa “fishka”ni ko‘rmayapman – tasavvur qila olmayman", – dedi Karrager "The Overlap Fan Debate" loyihasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!