Karreras: "Biz oldinga intilishni va sovrinlar yutishni istaymiz"

  • 28.01.2026 01:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" himoyachisi Alvaro Karreras Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi o'yin oldidan jamoaning holatini baholadi.

Madridliklar ertaga musobaqaning umumiy bosqichidagi 8-tur doirasida Portugaliya klubi mehmoni bo'ladi.

Jamoa kayfiyati o'zgargan-o'zgarmagani haqida

"Biz “Vilyarreal”ga qarshi o'yin (2:0) oson bo'lmasligini bilardik. Ikkinchi bo'limni juda yaxshi boshladik va aynan shu paytda ilk gol urib bo'ldik. Hammamiz jamlanganmiz, oldinga intilishni va sovrinlar yutishni istaymiz".

Tanqidlar haqida

"Bosim doim bor, ammo u menga yoqadi. O'zimni yaxshi his qilaman. Agar bosim bo'lmaganda, bu har bir muxlis sevib qo'llaydigan klub bo'lmas edi".

G'alabalar seriyasi haqida

"Futbol — o'yindan o'yinga qarab baholanadi. Biz juda yaxshi holatda bo'lishimiz mumkin, ammo agar ertaga salbiy natija bo'lsa, bu darhol “Real” tarixidagi eng yomon davr sifatida baholanadi", — dedi Karreras.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!