Karvaxal: "G‘alabaning bir qismi sizniki"

  • 27.10.2025 18:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachisi va sardori Dani Karvaxal "el-klasiko"dan so‘ng muxlislarga murojat qildi. 

"Butun Madrid ahliga salom. Bugun biz ajoyib muhitga guvoh bo‘ldik. Sizlarga katta rahmat, bu g‘alabalarning bir qismi sizlarniki. Biz shu ruhda davom etsak, albatta yakun ajoyib bo‘ladi. Bundan tashqari, Chempionlar ligasida ham bu mavsumda g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz va bunga sizlarning yordamingiz kerak", - dedi ispaniyalik fulbek.

Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" La Liganing 10-turidan so‘ng 27 ochko bilan peshqadamlik qilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!