Kavani Forlanga etib oldi
Urugvay terma jamoasi forvardi Edinson Kavani bugun Amerika kubogi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Yaponiyaga (2:2) qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
Bu PSJ hujumchisi uchun terma jamoasi libosidagi 112-o‘yin bo‘ldi. U shu tariqa Urugvay terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida Diego Forlanga tenglashib oldi va kuchli uchlikka ko‘tarilib oldi.
Ta’kidlash kerakki, bu boradagi rekord Diego Godinga tegishli. Uning hisobida 129ta o‘yin bor. Ikkinchi o‘rin esa faoliyatini yakunlab bo‘lgan Maksi Pereyraga (125) tegishli.
Fikrlar