Kavani Sulsherni shokka soldi

  • 10 mart, 2021, 20:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani klubning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmaydigan bo‘ldi.

Urugvaylik to‘purar mavsum yakunlanishi bilan Evropani tark etishni rejalashtirmoqda. 34 yoshli futbolchi ayni paytda o‘zi bolaligidan muxlislik qiladigan “Boka Xuniors” bilan muzokaralarga kirishgani aytilmoqda.

Kavani Angliya premer-ligasida 18 ta uchrashuvda qatnashib, oltita gol urdi va ikkita golli pas uzatdi. U o‘tgan yili yozda PSJdan ketganidan keyin Sulsher jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!