Kavani yana Italiyaga qaytishi mumkin

  • 15.10.2019 15:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi forvardi Edinson Kavani faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuyuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 urugvaylik futbolchi qishki transferlar davrida parijliklar safida ketmoqchi va bir qator jamoalarning taklifini ko‘rib chiqmoqchi. Ular orasida “Yuventus” ham bor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kavanini “Manchester Yunayted” yozda, ya’ni PSJ bilan shartnomasi yakunlangach erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Kavani joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!