Kavani yanvarda "Atletiko"ga o‘tmoqchi

  • 27.12.2019 17:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi forvardi Edinson Kavani qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

Cadena SER nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli urugvaylik futbolchi "Atletiko" bilan kelishuvga erishgan va u aynan mana shu jamoa safiga borib qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “matraschilar” Kavaniga yiliga 12 mln evro to‘lashga tayyorliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Kavanining PSJ bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi va parijliklar u bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas. U PSJ safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 290 ta o‘yinda maydonga tushdi va 196 ta gol hamda 40 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!