Kaysedo "Brayton"ga ketmoqchi ekanligini ma’lum qildi

  • 29 yanvar, 2023, 16:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton" futbolchisi Moyzes Kaysedo klubni tark etishni istamoqda. Futbolchiga Londonning ikki klubi "Arsenal" va "Chelsi" qiziqmoqda. Yarim himoyachining klubi esa kelayotgan takliflarni rad qildi.

Kaysedo "Instagram" saxifasida ushbu holat bo‘yicha post qoldirdi:
"Menga katta imkon bergani uchun "Brayton"ga rahmat aytmoqchiman. Klub meni Angliyada o‘ynashimga sababchi bo‘ldi.

Men Ekvadorda kambag‘al oilada, 10 ta aka-uka orasida o‘sdim. Mening eng katta orzum - sovrindor futbolchi bo‘lish.

"Brayton" uchun rekord darajadagi transfer bo‘lishim mumkin. Buning uchun xursandman. Klub mendan kelgan pullarga rivojlanishi mumkin.

Muxlislar doimo mening qalbimda qoladi. Ular meni nima uchun bunday ajoyib imkoniyatdan foydalanmoqchi ekanimni tushunsa kerak", - dedi bayonotda Kaysedo.

Ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli futbolchi "Brayton" mashg‘ulotlarida qatnashmayapti. Klub uni 1 fevralgacha mashg‘ulotlarda ishtirok etmasligini tasdiqladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!