Kazemiro Neymarning yana "Barselona"ga qaytishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Kazemiro PSJdagi hamyurti Neymarning yana "Barselona"ga qaytishi borasidagi tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Neymar – ajoyib futbolchi. Agar u ular safiga (“Barselona”ga) qaytsa, “qirollik klubi”ga qiyin bo‘ladi. Agar u bizning safimizga kelib qo‘shilsa, shubhasiz bundan judayam xursand bo‘laman. Bizda hamiga jahon darajasidagi o‘yinchilar to‘p surib kelishgan. Tarkibimizga kelib qo‘shilgan har bir futbolchi jamoamizni kuchaytirgan. Men hammaga xush kelibsiz deyman”, - deb aytdi Kazemiro.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Neymar PSJdan ketmoqchiligi va “Barselona”ga qaytmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar