Kazinoda 200 ming dollar yutqazgan MMA jangchisi voqeaga oydinlik kiritdi

TIGGO 2 PRO

Fight Nights Global 95 turnirida oktagonga ko‘tariladigan Vartan Asatryan Sochidagi kazinoda 200 ming dollar yutqazib qo‘yganligi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi.

- Kecha, kazino xodimalaridan biri sizni 200 ming dollar yutqazganingizni aytdi.

 "Yo‘q, unday emas. Dunyo mish-mishlarga to‘la. Menimcha, bu ma’lumotni do‘stlarim bilan kazinoda birga bo‘lgan qiz tarqatgan. Endi, bu muhim emas.

Ba’zida, tushkunlikka tushish holati yuzaga keladi. Shuning uchun, goho vaqtingizni yoqimli muhitda o‘tkazgingiz keladi. Darhaqiqat, bu omil ba’zan yordam beradi. Men shunday odamman. Qanday qilib yashash va dam olishni bilaman.

Yutqazgan yoki yutqazmaganligingiz muhim emas. Asosiysi har qanday holatda ham inson bo‘lib qolishdir",-dedi Asatryan.

Ertaga, Asatryan Sochida Fight Nights Global 95 turniri doirasida Raymisson Bruno bilan jang qiladi.

Manba:Sports.ru

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!