Kelasi mavsum APLda 22 ta klub qatnashishi mumkin

Koronavirus sababli Angliya premer ligasi o‘yinlari qoldirilganidan xabaringiz bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, agarda mavsum oxiriga etkazilmay qolgudek bo‘lsa, Chempionshipda etakchilik qilayotgan "Lids" va "Vest Bromvich" klublari kelasi mavsumdan APLda qatnashishlari mumkin bo‘ladi.

Premer ligani esa hech kim tark etmaydi va yangi mavsumda 22 ta jamoa qatnashadi.

"Liverpul" klubi esa joriy mavsum chempioni deb e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, "Lids" 2004 yildan buyon APLda o‘ynamaydi, "Vest Bromvich" esa so‘nggi bor 2018 yili ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!