Kelasi mavsum Cuperligada 16 ta jamoa bo‘ladi, deb gap tarqatmanglar... Mard bo‘lish kerak... - Murod Rizaev Superligada jamoalar soni oshirilishiga borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi

  • 26 noyabr, 2021, 15:43
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Har bahor, shu bo‘lar takror". Har yili mavsum yakunida chempionatda jamoalar soni oshirilishi mumkin ekan, degan mish-mishlar ko‘payadi. Bu mavsum ham shunday fikrlar uchramoqda.

Tecno

Taniqli sharhlovchi Murod Rizaev telegramdagi sahifasida Superligada jamoalar soni qoidalarga zid ravishda oshirilishiga qarshi ekanligini bildirdi.

- Sport printsiplariga sodiq qolish kerak... Kelasi mavsum Cuperligada 16 ta jamoa bo‘ladi, deb gap tarqatmanglar... Mard bo‘lish kerak... Xudo xohlasa, "Andijon" ham "Turon" ham yanada kuchlirok bo‘lib 2023 yilda Superligaga qaytadi, - dedi Murod Rizaev.

3431581192211

Avvalroq, PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev ham bu haqda telegram kanalida post qoldirgandi.

- Superliga ishtirokchilari sonini 16 taga etkazish mavzusi tepasida futbolimizni yillar davomida rasvo qilib kelgan shaxslar turibdi, deb bilaman. Biz ularni nomma-nom bilamiz va vaqti kelganda ochiqlaymiz. Futbolga befarq bo‘lmagan barchani sport printsiplariga sodiq qolishga chaqiramiz. Etar maynavozchiliklar, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

3331581192255

Eslatib o‘tamiz, "Andijon" va "Turon" rasman Superligani tark etganligi, Pro ligadan "Neftchi" hamda "Dinamo" yuqori ligaga yo‘l olgani ma’lum bo‘lgan. Qiziq tomoni, "burgutlar" muxlislari "Andijon" Superligaga halol yo‘l bilan chiqishi tarafdoriligi va chempionatda 16 ta jamoa qatnashishiga qarshi ekanligini fan klubning telegramdagi sahifasida bildirdi.

- "Andijon" fan-klubi Superligada 16 ta jamoa bo‘lishiga qarshi, biz halol yo‘l bilan Pro ligadan chiqamiz, shu 14 ta jamoa qolsin, sport printsipi buzilishiga qarshimiz, olg‘a Andijon!, - deyiladi telegram kanaldagi postda.

photo_2021-11-26_15-20-24

Endi ligada qolish uchun o‘tish bahsida ishtirok etadigan jamoa nomi aniqlanishi lozim. Pro ligada 3-pog‘onani band etgan "Olimpik" bu bellashuvda ishtirok etadi. Superligada 12-o‘rinni olgan jamoa "Jar" stadionida Timur Kapadze shogirdlari bilan kuch sinashadi. O‘yin 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 14:00ga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
26/11/2021 18:59
Shuncha viloyatni kamandalari puldan qiynalib muhlislari fudboldan zavq ololmay yurgan vaqt. qanday qilib Olimpik sponserlik qilishapti. uziz uylap kuring. Olimpik uynamaydigan bolalar nima qiladi keyin unoqa qilish ahmoqgarchilik ochiq raqobat quyish kerak. ana ushanda Kapadzi har turga viloyatma viloyat u21 uyinlarini kuzatib. saralap olgani yahshi emasmi.