Kelgusi mavsumdan boshlab Rossiya premer-ligasida ham VAR tizimi ishlaydi

  • 04.12.2018 20:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya premer-ligasi klublari kelgusi mavsumdan boshlab chempionatda videotakrorlar (VAR) tizimi joriy etilishini yo‘qlab ovoz berishdi. Bu haqda liga prezidenti Sergey Pryadkin aytib o‘tdi.

“VAR’ni ma’qullashdi. Bugun klublarning umumiy yig‘ilishida VAR tizimini joriy etish masalasi huquqiy tomondan tasdiqlandi. Hozircha bu tizimning texnik tomonlariga qancha mablag‘ sarflanishi aniq emas. Ammo, bu taxminan 9-10 mln rublga baholanmoqda”, - deydi Pryadkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya premer-ligasining 2019/20 yilgi yangi mavsumiga 14 iyulda start beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!