Keling solishtiramiz! Qosimov, Abramov, Babayan va Kuper

  • 3 avgust, 2019, 10:00
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasida ishlagan 4 murabbiy Qosimov, Abramov, Babayan va Kuperning muhim o‘yinlarini eslab o‘tamiz.

Terma jamoamiz bosh rulida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Mirjalol Qosimov umumiy 40 ta uchrashuvda termamizni maydonga boshlab tushgan. Shulardan, 18 tasi g‘alaba, 11 tasi durang va yana 11 tasi mag‘lubiyat bilan yakuniga etgan.

qosimov 2018.2

2008-2010 hamda 2012-2015 yillar futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, mamlakatning bosh jamoasini JChga olib chiqish bo‘lgan. 2 bor shunday ishonchga ega bo‘lgan Mirjalolning terma jamoadagi eng yaxshi va eng yomon o‘yinlarini eslab o‘tamiz.

Eng yaxshi o‘yinlari.

JCh-2010 salarashining so‘nggi bosqichida Qatar terma jamoasini qabul qilgan O‘zbekiston raqiblarini ayamay 4 ta gol urgan. Farxod Tojiev va Jasur Xasanovning benefisiga aylangan bahsda, 18 ming muxlis stadiondan uchrashuvni kuzatgan. "Paxtakor" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv 2009 yilning 28 mart kuni bo‘lib o‘tgan.

2012 yil 14-noyabr Eronning Tehron shahrida joylashgan "Ozodi" stadioni. 43700 nafar tomoshabin ko‘z o‘ngida. JCh-2014 saralash bosqichining o‘ta muhim bellashuvi. Qiyin va og‘ir o‘yinda Qosimov shogirdlari Osiyoning ko‘zga ko‘ringan mamlakati Eron termasini Ulug‘bek Baqoevning 71-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga taslim qilgan.

17f5e22cff32a0c4_2011-01-21t181136z_01_ac619_rtridsp_3_soccer-asian

JCh-2014 saralash bosqichi. Guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuv, barchasini xal qiladigan o‘ta muhim tur o‘yinlari bo‘ladigan 2013 yilning 18 iyun kuniga to‘g‘ri keldi. Qosimov boshchiligidagi terma jamoamizning eng yorqin o‘yinlaridan biri bo‘lib o‘tdi. Toshkentning "Bunyodkor" stadionida Qatar terma jamoasini 5:1 hisobida "er tishlatdi". Avstraliyalik xakam Piter Grin boshqarib borgan uchrashuvda, terma jamoamiz futbolchilari xohlaganlaricha xujum qilishdi. Shu kungacha extiyotkorona va yopiq futbol o‘ynagan terma jamoamiz shu kuni 5 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishlari kerak edi. Yorqin va ochiq o‘yin bilan muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘lgan termamizning shu kungi o‘yinidan so‘ng, yana bir bor o‘zbek futboli xujumkor o‘yinni xush ko‘rishiga amin bo‘lgandik.

Aslida uchrashuvning birinchi yarim qismidan so‘ng 0:1 hisobida mag‘lub bo‘layotgan edik. Tanaffusdan so‘ng taqdirga tan berishgan shekilli ketma-ket xujumlar uyushtirib, 5 ta gol urishga erishgan. Ozarbayjon chempionatida to‘purarlik ko‘rsatib, termada gol urish nimaligini bilmay kelgan Baxodir Nasimov ham "dubl" qayd etgan.

2015 yil. Avstraliya. Osiyo Kubogi musobaqasi yanvar oyi. Guruh bosqichida KHDR(1:0) mag‘lub etildi, Xitoy(1:2)ga yutqazib qo‘ydik. guruhning so‘nggi uchrashuvi Saudiya Arabistoniga qarshi kechdi. Shu kuni terma jamoamizda yangi yulduz porladi. Bu Sardor Rashidov edi. Bu iste’dodni o‘zbek xalqi Evropada to‘p surishidan umid qilgan. Saudiyaliklar darvozaboni oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib yuborgan holda gol urgani-yu uchrashuvda "dubl" qilib, qahramon bo‘lgani barchamizni quvontirgandi o‘sha kezlar. Yakunda 3:1 termamiz chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘la olgandi.

Alamli mag‘lubiyatlari va eng yomon o‘yinlari.

JCh-2010 so‘nggi saralash bosqichi guruh o‘yinlari. 2009 yilning ikkita sanasi 11-fevral va 17-iyun.

Baxrayn termasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinlar. Oldiniga Toshkentda, keyin esa Manamada. ikki marotaba bir xil tabloda 0:1 hisobi. Ignatiy Nesterov darvozasiga jarima zarbasidan urilgan ikkita o‘yinda 2 ta gol. 12 ochkoga teng bo‘lgan 6 ochko arab jamoasi foydasiga xal bo‘lgan. Yodimizda qolgan ushbu uchrashuvlarda Baxrayn termasi a’zosi Maxmud Abduraxmon standart vaziyatdan unumliy foydalanib ketgan. Birinchi uchrashuvda, 90+1'da Nesterov ushbu zarba oldida ojiz qolgan. Manamada stsenariy qaytadan takrorlangan. Faqat bu safar 74-daqiqadagi gol barchasini xal qilgan. Shundan so‘ng, Maxmud Abdulraxmon Ignatiyning tushlariga kirib chiqqan bo‘lsa ajab emas.

JCh-2014 saralashida yomon natijalar qayd etmayotgan edik. JChga chiqishimizga ishonch juda yuqori darajaga chiqib bo‘lgan bir paytda, mehmonda Janubiy Koreyaga qarshi kechgan bahsning 43-daqiqasida Akmal Shoraxmedov o‘yin antiqaxramoniga aylangan. Akmalning avtogoli uzoq muddat davomida, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu har qanday futbolchining ruhiyatiga o‘ta jiddiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. 50 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurgan bellashuvda, nimagadur Qosimov o‘zgarishlarga kech qo‘l urdi. Futbolchilar mag‘lubiyatga uchrayotganlariga qaramay, 0:1 hisobiga rozi bo‘lgandek o‘ynashdi.

Buni hattoki o‘yindan keyingi matbuot anjumanida, Qosimovning o‘zi ham ta’kidlab o‘tgan. Aynan, matbuot anjumanlarining birida Mirjalolning aytib o‘tgan mashxur iborasi "Bollada ayb yo‘q" keng tarzda targ‘ib qilingan, hatto san’at ahli ham bu borada o‘z chiqishlarini namoyish etishgan.

2015 yil. Osiyo Kubogining chorak final uchrashuvi. Janubiy Koreya bilan kechgan qiyin bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. 15 daqiqadan qo‘shib berilgan 2 ta bo‘limda, koreyslar yulduzi Son "dubl"ga erishdi. Hozirda butun Evropa bo‘ylab dong‘i ketgan osiyolik yulduz, keyinchalik yoshlar termasi safida ham armiyaga bormaslik uchun terma jamoamizga qarshi bahsda gollar urib, bosh jamoamizni musobaqadan chiqarib yuborgan.

c7ecf750e11fd19893818fefb7112849

Vadim Abramov. O‘zbekiston termasini JChga olib chiqishni juda qattiq xohlagan murabbiy.

Millionlab ishqibozlar qalbidan joy olgan mutahassis. 2010-2012 yillar davomida terma jamoamiz bosh murabbiyi bo‘lib ishladi. Qisqa vaqt bo‘lsa-da, o‘zbek xalqining kattagina qismi mexrini qozondi.

Lavozimidan ozod bo‘lganiga 7 yil to‘ldi. Hamon muxlislar orasida Abramovni qaytarish kerakligini istaydiganlar son-sanoqsiz. Uning boshchiligida terma jamoamiz 28 ta bahsni o‘tkazgan. 11 ta g‘alaba, 5 ta durang va 12 mag‘lubiyat.

V_Abramov_Copy_1

Eng yaxshi o‘yinlari.

Aslida bir qator o‘yinlarni yozishimiz mumkin. Biz englari orasidan englarini saralab oldik.

2011 yil yanvar oyi Qatarning Doxa shaxri. Osiyo Kubogining ochilish uchrashuvida Qatar termasiga qarshi bahs olib bordik. 37 mingdan ziyod ihlosmand to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadiondan o‘yinni kuzatib bordi.

Butun jahon bo‘ylab Qatarning g‘alabasiga xech kim shubxa qilmagan edi. Faqat o‘zbekistonliklar o‘z suyuklilariga ishonishgan bellashuv. Ikkinchi bo‘limda Odil Axmedovning shedevr goli musobaqa ochilish uchrashuvining xaqiqiy bezagiga aylangan edi. 2 karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov navbatdagi golni ham urdi. Yakunda 2:0 terma jamoamiz foydasiga xal bo‘ldi.

maxresdefault_1

Ushbu Osiyo kubogi davomida O‘zbekistonda futbol muxlislari haddan ziyod baxtiyor edilar. Ommaviy axborot vositalarida butun dunyoda termamiz haqida nimalar deyilayotgani yoritilib borilardi.

O‘zining xujumkorligi, to‘p nazoratini qo‘lga olib, chiroyli paslarni ijroshi etishi bilan Abramov jamoasini "Barselona"ga qiyoslaganlar talaygina edi. Juda iliq fikrlar o‘zbeklarni mag‘rurlantirardi. Futbolchilarning barchasiga madhiyani yoddan bilish zarurligini ta’kidlab, hatto yod olishga ham majbur qila olgan Abramov aynan shu jihatlari bilan ham boshqa kasbdoshlaridan ajralib turardi.

2 g‘alaba va 1 durang guruhdan chiqqan termamiz, chorak finalda Iordaniyaga qarshi bahs olib bordi. Xujumchiga hos xarakterni namoyish eta olgan, 2-raqam ostidagi forvardimiz Ulug‘bek Baqoev 2-bo‘limning boshidayoq 2 ta gol urdi. Bunga iordaniyaliklar bitta gol bilan javob bera olishgan holos.

maxresdefault_2

JCh-2014 ikkinchi saralash bosqichida, Yaponiya mexmoni bo‘lgan vakillarimiz ikkinchi tarkib bilan 45 ming muxlis ko‘z o‘ngida, xech kimga mag‘lub bo‘lmay kelayotgan "samuray"larni taslim etdi. O‘shanda, Yaponiya terma jamoasi Osiyoning amaldagi chempioni edi va bir qator o‘yinlardan buyon mag‘lub bo‘lmay kelayotgan bir payt edi. Bu o‘yinni yodga olar ekanmiz, albatta, Shadrin yodimizga tushadi.

1545983768_f68ef7b34c328dddea3e96bf8bc90cbe61d5ad75

Bellashuvdagi yagona gol muallifi bu yorug‘ olamni erta tark etgan.

Eng alamli va eng yomon o‘yinlari.

Yana bir bor 2011-yilgi Osiyo Kubogiga qaytamiz. Bu safar ijobiy xotira bilan emas. Aslida, ko‘pchilik eslashni xohlamaydigan bellashuv. Nesterov jarohatidan so‘ng, darvozamizni kechasi bilan uxlamay chiqqan Temur Jo‘raev qo‘riqlagan edi. Bu bahsdan keyin ham, uni uxlaganligiga ishonish qiyin.

index

O‘zbek futbol muxlislari uchun xaqiqiy "shok" holati bo‘lgan kun. Avstraliya terma jamoasi yarim finalda, darvozamizga ayovsiz tarzda, javobsiz 6 ta gol urgan. Keling bu o‘yinni ko‘p eslab, yaralarimizni yangilamaylik. O‘shanda termamiz rostakamiga sochilib ketgandi.

Bunday o‘yindan keyin, kayfiyatini ijobiy tomonga tiklab ulgurmagan O‘zbekiston 3-o‘rin uchun bahsda Janubiy Koreya bilan bellashdi. O‘yinning birinchi bo‘limida ketma-ket gollar o‘tkazgan vakillarimiz birozdan so‘ng, o‘zlariga kelishdi va vaziyat yana-da jiddiylashib ketishini tushunib etishdi shekilli, gollar urishni boshlashdi. Bu safar Aleksandr Geynrix katta sahnaga chiqdi. "Dubl"ni nishonlagan futbolchimiz keyinchalik aynan koreyslar chempionatida faoliyatini davom ettirgan. 3-o‘rin uchun kechgan uchrashuvda esa, koreyslarga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganmiz.

6840499277_1d6857ec74_b

2014 yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinlari doirasidan o‘rin olgan Eronga qarshi bellashuvda bir qator futbolchilarimiz diskvalifikatsiya tufayli ishtirok etisholmasdi. Tarkibimizning teng yarmi ikkinchi tarkibdan tashkil topgan bahsda termamiz 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. To‘laqonli termamiz ustunligida o‘tgan bellashuvning so‘nggi daqiqasida qarshi xujumdan kiritlgan yagona gol uchrashuv taqdirini xal qilgan. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida ko‘zda yosh va ishonch bilan "biz baribir JChga chiqamiz" degan Abramov ertasi kuniyoq yagona mag‘lubiyat bilan iste’foga chiqarilgan edi.

iran-celebration

Samvel Babayan.

"Paxtakor" klubida qilgan uzoq yillik xizmatlaridan so‘ng, terma jamoa Samvelga ishonib topshirildi. Bu vaziyat muxlislar tomonidan turlicha qabul qilindi. Kimdur qarshilik ko‘rsatsa, kimdur umid qilib, ishonch bildirdi. Zero, uning "Paxtakor"da qilgan ishlari beqiyos edi. Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida 24 ta bahsni o‘tkazgan. Shulardan 16 tasi g‘alaba bilan yakunlangan bo‘lsa, 2 tasi durang va yana 6 tasi mag‘lubiyatni olib kelgan.

CIpG5O7W8AAmY4P

Eng yaxshi o‘yinlari.

JCh-2018 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan azaliy raqibimiz Baxrayndan qisman o‘ch olishga erishdik. Afsuski, bu ilgaridek biz bilgan va ko‘rgan o‘sha kuchli Baxrayn emas edi. Ushbu mamlakatda futbol saviyasida pastlashish bor edi. Shunday bo‘lsa-da, mexmonda termamiz javobsiz 4 ta gol ura olishgan. Bellashuvning birinchi bo‘limi 0:0 hisobi bilan yakuniga etganidan so‘ng, ikkinchi bo‘limni yuqori kayfiyatda o‘tkazib, Igor Sergeev, Sardor Rashidov, Odil Axmedov va Eldor Shomurodov o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishgan.

CUAQfwZW4AEKsVq

JChning so‘nggi saralash bosqichida asosiy raqiblarimiz Janubiy Koreya va Eron terma jamoalarini mag‘lub eta olmaganmiz. Ammo, guruhdagi 3-o‘rin uchun kurash olib borishi tahmin qilingan terma jamoalarni mag‘lub etganmiz. Ulardan biri Toshkentda 34 ming muxlis ko‘z o‘ngida Suriya termasini afsonaviy futbolchimiz Aleksandr Geynrixning kiritgan goli evaziga taslim etganmiz.

1_Copy_6

Bizning fikrimizcha, Babayan boshchiligidagi termamizning eng yaxshi o‘yini Xitoyga qarshi bo‘lib o‘tgan.

Xujumkor va chiroyli o‘yinimiz ushbu bahsda ko‘ringan. Xitoy Toshkentda mexmon bo‘lgan va 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Terma jamoamizdan Marat Bikmaev va Otabek Shukurov gol urishga erishgan.

fb86fe49788eddd10fce107158322940

Eng yomon va eng alamli o‘yinlari.

Bu borada ham biz englar orasidan englarini tanladik desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Babayan davrida 6 bor mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston Janubiy Koreyada ochko olishi mumkin edi. Koreyslarga qarshi bahsni yomon boshlamagandik. Hatto, birinchi bo‘lib gol urishga ham erishganmiz. Koreyaliklarning ximoyadagi palapartishliklari oqibatida darvozabon oldinga chiqib ketgan vaziyatdan Bikmaev mahorat bilan foydalandi. Afsuski, ikkinchi bo‘limda hisobni ushlab qolish termamizga nasib etmagan. Janubiy Koreyaning zaxiradan maydonga tushgan futbolchilari o‘yinni kuchaytirishdi va gol ham urishga erishishdi. Oqibatida 2:1 termamiz zarariga.

eZ_8e

Keling, Erondan uchralgan mag‘lubiyatlarga emas, balki Suriya va Xitoy kabi termalar ta’zirimizni berishgan uchrashuvlarga to‘htalamiz.

Omar Al-Soma va Omar Al-Xarbin kabi forvardlarga ega termaga qarshi mexmondagi bahs, go‘yoki durang natija bilan yakuniga etadigandek edi. Ammo, uchrashuvni boshqarib borgan Birlashgan Arab Amirligi mamlakatidan kelgan xakam, 90+1'da darvozamiz tomon belgilangan 11 metrlik zarba nuqtasini ko‘rsatdi. Suriyaliklar vaziyatni boy berishmadi va 1:0 ko‘rinishidagi g‘alabani ilib ketishdi.

Uzb_suriya

Huddi shu stsenariyga o‘xshash yana bir o‘yin. Bu bahsda ham durangni xidi kelayotgan bir payt edi.

Xitoyda 51 mingdan ziyod tomoshabin ko‘z o‘ngida bo‘lib o‘tgan bellashuvda vakillarimiz gol urishmadi.

Shri-Lankalik xakam o‘yinning 84-daqiqasida darvozamiz tomon penalti qo‘yib berdi. Shundan so‘ng, Xitoyliklar tablodagi hisobni 1:0 qilib qo‘yishdi va uchrashuvda boshqa hisob o‘zgarmadi.

1504192374_024309_1504194148_sumario_normal

Xalqning kattagina qismini Samvel Babayanga bo‘lgan munosabatni jiddiy ko‘rinishga keltirdi. Ushbu mutahassisdan nafratlanib qolgan muxlislar e’tirozi tinmadi va xorijdan kuchli murabbiy kelishini talab qila boshlashdi.

Ektor Kuper.

Muxlislarning talabini erda qoldirmagan rahbarlar dunyoga mashxur Ektor Kuperni olib kelishdi. Hattoki, Kuper nomzodini ham ma’qul ko‘rmaganlar yo‘q emas. Yana ko‘pchilik bu mutahassisga ishonch bildirib, vaqt kerakligini aytishmoqda.

Kuper-jurnalist (11)

Kuperning ish uslubidagi eng yaxshi tomonlaridan biri, bu futbolchilar tanlovida desak ham bo‘ladi.

To‘g‘ri bu ko‘pchilik uchun ham ma’qul kelmayapti. Kimdur kerak emas, yana kimnidur chaqirmayapti qabilidagi gaplar. Bunday holat dunyoning har qanday jamoasida kuzatiladi. Ammo, Kuperning oldingi murabbiylar bilan solishtirganda tarkib tanlash jihati nisbatan yaxshiroq. Har holda, Olim Navkarov, Lutfulla To‘raev, Aleksandr Lobanov kabi futbolchilar termamizda ko‘rinmayapti.

Kuper O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi lavozimligida 15 ta bahsni o‘tkazdi. 7 ta g‘alaba, 3 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat. Biz Kuperning terma jamoamizdagi englarni tanlashimiz uchun variantlar ko‘p bo‘lmaganligi sababli, o‘rtoqlik o‘yinlariga ham e’tibor qaratdik. Barchasiga emas, balki asosiylariga.

Eng yaxshi o‘yinlari.

Kuper boshqaruvida, o‘rtoqlik o‘yinlarida ishonchli o‘yinlar va natijalar etarlicha, ammo biz ko‘proq rasmiy o‘yinlardan foydalanishga qaror qildik.

Oldingi chiziqdagi futbolchilarga erkin o‘ynash imkonini beradigan Kuperning jamoasi 2019 yilgi Osiyo Kubogining ilk uchrashuvida qiyinchilikka uchragan edi. Nesterovning qahramonligi bir qator gollardan termamizni qutqarib qolgandi. Ummonga qarshi uchrashuvda, zaxiradan maydonga tushirilgan Eldor Shomurodov esa, uchrashuvga goli bilan nuqta qo‘ygan. Yakunda 2:1 vakillarimiz foydasiga.

image

Turkmaniston termasini 4:0 hisobida taslim etganimizga ko‘p ham vaqt bo‘lmadi. Shu bois, o‘yin tafsilotlari yodingizda bo‘lsa ham kerak. Osiyo Kubogining guruh bosqichida o‘yini ochilib ketgan Shomurodov, o‘z mahoratlari bilan maydonda ajralib turgan Masharipov, Siddiqov kabi futbolchilarni tilga olishimiz shart edi. Turkmanistonga qarshi aynan mana shu futbolchilar master-klassni o‘tab berishgandi.

image

O‘rtoqlik o‘yinlari orasidan eng yaxshisi deb shu yilning iyun oyida Shimoliy Koreya termasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bellashuvni ma’qul deb topdik. Koreyslar darvozasiga kiritilgan javobsiz 4 ta gol, muxlislarning yaratgan atmosferasi, umuman barchasi a’lo darajada bo‘lib o‘tgan edi.

7b03ae796607942d62c7e3537d6c1397ec66fefd

Eng yomon va alamli o‘yinlari.

Bu borada albatta, Osiyo Kubogi oldidan o‘tkazilgan nazorat o‘yini yodimizga tushadi. Janubiy Koreya termasiga qarshi deyarli xech narsa qila olmagandik. O‘yinda na sifat, na qandaydur taktik yondashuvlar ko‘zga tashlanmagandi. Futbolchilarimiz to‘pni egallashganida nima qilishni bilmaydigandek xarakat qilishdi. Aynan mana shu uchrashuvdan so‘ng, ko‘pchilikni Kuperga qarshi qilib qo‘ygan. Koreyslar darvozamizga 4 ta gol urishni kanda qilishmagan. Biz esa, o‘yin davomida, gol urishda sifat ko‘rsatish o‘rniga, zarbalarimiz soni bormikan degan hayolga borar edik.

4

Kuper davrida eng alamliy mag‘lubiyat albatta, Osiyo Kubogining pley-off o‘yinida Avstraliyaga penaltilar seriyasida yutqazganimizdur. Butun uchrashuv davomida gol ko‘rmadik. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida Marat Bikmaev va Islom To‘xtaxo‘jaev bizga yana gol ko‘rsatishni istashmagandi.

Oqibatida musobaqani erta tark etishga majbur bo‘ldik.

ccelebritiesfotoNINTCHDBPICT000463357382-e1548082671398-1024x672

Jaxonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Turkiya termasiga qarshi bellashuvda terma jamoamizdan ko‘p narsa kutish, balki noto‘g‘ri edi. Sababi, turklar Evropaning ko‘zga ko‘ringan termalaridan biri sanaladi. Futbol saviyasi ancha rivojlangan mamlakat. 2:0 hisobida termamizni xotirjam mag‘lub etishga erishgan turklar asosiy tarkib futbolchilaridan ham foydalanishgani e’tiborga molik. Hatto, hisobni yana-da yirik ko‘rinishga kelib qolmasligidan umidvor bo‘lganlar ham yo‘q emas.

uzb-turkey

Umuman olganda to‘rttala mutahassisni solishtirish noo‘rin. Biz solishtirishni istamadik. Ular turlicha. Bu murabbiylarga yaratib berilgan sharoit ham turlicha bo‘lgan va davrlar ham boshqa-boshqa paytga to‘g‘ri kelgan. Shuning uchun biz o‘zbek xalqi orzusini amalga oshirish maqsadida ishlagan barcha murabbiylarga omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mansurbek
03/08/2019 10:18
Bitta fikrda agar fudbo‘lchilar o‘zlari yahshi o‘yin ko‘rsatmasa Eng kuchli murabbiyni ham qo‘lidan hech narsa kelmaydi. Fudbo‘lchilarni tanlash chertib-chertib murabbiyga bog‘liq. Agar yahshi saviyali o‘yin amalyoti yahshilarni tanlasa albatta g‘alaba qozonamiz
&
Rescara
03/08/2019 15:11
Абрамов N1
&
Dima Muratov
03/08/2019 14:42
Юрген Клоп олиб келинса хам бирор нарсага еришиш кийин.
"Козонга бори чумичга чикади" деган гап бор.
Низомтой Эргашев
03/08/2019 13:14
Бабаяндака имконият хеч кайси мураббийда бумаган уша учун бутун халк ёмон куради.чичворган уйинчилар корни катта ЛОБАНОВ ва текинхор СЕРГЕЕВларди хадеб туширорган Даббаян
&
Surxon turon
03/08/2019 10:22
Енг яхшиси Абрамов екан барибир Абрамов зӯр мураббий