“Kelisha olmay qoldik”. Rangnik Ronalduning asosiy kamchiligini aytdi

  • 22.05.2022 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiy Ralf Rangnik jamoa to‘purari Krishtianu Ronalduning asosiy kamchiligi haqida ma’lumot berdi.

Tecno

- Ronaldu o‘yinlarda yaxshi harakat qildi, lekin u raqibni pressing qila oladigan o‘yinchi emas va shu bois uni ayblamayman.

Krishtianu yoshligida ham “To‘p raqibda, uni tezroq olib qo‘yish kerak”, deb o‘ylamagan. Hamkorligimiz davomida uning to‘p bilan yoki usiz qanday harakat qilishi borasida kelisha olmagan vaqtlarimiz ham bo‘ldi, - dedi Ralf Rangnik.

Ronaldu o‘tgan yilning avgustida “Manchester Yunayted”ga o‘tganidan keyin 39 ta o‘yinda 24 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!