
Kellini: "JCh-2026 finalida Italiya va Braziliya to‘qnashuvini ko‘rmoqchiman"
Jorjo Kellini 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Italiya - Braziliya to‘qnashuvini ko‘rishni orzu qilmoqda.
- Bizning o‘g‘lonlarimiz Italiyaning turnirdagi ishtirokini hali ko‘rmagan ko‘plab bolalarga bu quvonchni hadya etish uchun musobaqaga yo‘llanma olishlari kerak.
Finalda Anchelotti boshchiligidagi Braziliya va Italiya o‘ynashini orzu qilaman. Aytgancha, u bilan ishlash menga nasib etmadi - afsus. Bu tarixiy o‘yin bo‘lardi, - dedi "Yuventus" va Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi.
Italiya so‘nggi ikki Jahon chempionatining saralash bosqichidan o‘ta olmadi va o‘tkazib yubordi.
Fikrlar