Asosiy mazmunga oʻtish

Kerrik Fernandeshdan sardorlik vaoklatini olib qo‘yishi mumkin

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mag‘lubiyat oqibatsiz qolmaydi

"Komo"ga qarshi Chempionlar ligasidagi 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Brunu Fernandesh aytgan gaplar atrofida bahslar avj oldi. "Manchester Yunayted" sardori jamoa shaxsiy pressingdan voz kechganidan norozilik bildirib, bunday taktika raqibga ishonch bag‘ishlaganini ta’kidlagan edi.

"Bornmut"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar Maykl Karrikdan portugaliyalik futbolchi sardorlik maqomidan yoki asosiy tarkibdagi o‘rnidan mahrum etilishi mumkinmi, deb so‘rashdi.

"Men uchun eng muhimi — jamoa, tarkib va ichki muhit. Biz futbol klubi haqida gapiryapmiz. Vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, men har doim klub manfaati uchun eng to‘g‘ri deb bilgan qarorni qabul qilaman", — dedi murabbiy.

Shu bilan birga, Karrik Fernandesh bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan suhbat tafsilotlarini oshkor etmadi. U, shuningdek, portugaliyalik yarimhimoyachi va himoyachi Lisandro Martinesning ommaviy bayonotlaridan so‘ng kiyinish xonasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Hech qanday parchalanish yo‘q. Bizga faqat o‘zimiz eng yaxshi uddalaydigan o‘yin uslubiga qaytish kerak, xolos. Bunga albatta erishamiz", — deya qo‘shimcha qildi Karrik.

"Manchester Yunayted" barcha musobaqalar doirasida ketma-ket yetti o‘yindan buyon g‘alaba qoza olmayapti.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q