Kerrik kelgach, "Manchester Yunayted" ancha samaraliroq ochko jamgʻarmoqda
"Manchester Yunayted" Maykl Kerrik boshqaruvida APLda ancha yaxshiroq natija ko‘rsatmoqda.
44 yoshli mutaxassis 13 yanvar kuni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Unga qadar Ruben Amorim iste’fosidan keyin jamoani ikki o‘yinda (ulardan biri APLda) Darren Fletcher boshqargan.
34-turda "Brentford" ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyin mankunianliklar hisobida 34 uchrashuvda 61 ochko mavjud.
Amorim boshqaruvida "Manchester Yunayted" mavsumning dastlabki 20 o‘yinida 31 ochko jamg‘argan bo‘lsa, keyingi 14 turda Kerrik qo‘l ostida jamoa 30 ochko ishlab oldi.
MYu ayni paytda Angliya Premier-ligasi jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar