Kerrik: "Maqsadimiz — jadvalning yuqori qismiga yaqinlashish"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik mavsumning qolgan qismidagi jamoaning maqsadlari haqida fikr bildirdi.
— Klub rahbariyati tomonidan aniq qo‘yilgan talablar bormi?
— Yo‘q. Biz jadvalning yuqori qismiga yaqinlashishni, hatto uning eng yuqori pog‘onasida bo‘lishni istaymiz. Bu juda ochiq-oydin maqsad, ammo unga yetish uchun bosqichma-bosqich oldinga siljishimiz kerak. Evrokuboklarda ishtirok etish ham oldinga qadam bo‘ladi. Biz harakatni davom ettirishimiz shart, — dedi Kerrik.
Eslatib o‘tamiz, ertaga "Manchester Yunayted" o‘z maydonida Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti"ni o‘z uyida qabul qiladi. Bo‘lajak bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:30’da start oladi.

Fikrlar