Ketishimi kerak! Anchelotti "Real Madrid"ni tark etadi

  • 20 yanvar, 18:21
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti mavsum yakunidan so‘ng faoliyatini "Real Madrid"da davom ettirmaslikka qaror qildi. Bu haqda "Radioestadio Noche" xabar berdi.

Murabbiy amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar bo‘lishiga qaramay, barchasi faqat unga bog‘liq emasligini biladi. Mavsum unvonlar bilan yakunlansa va klub uning shartnomasini bajarishini talab qilsa ham, u yozda Madrid jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi.

Kelgusi mavsumda "Qirollik klubi"dagi bosh murabbiy lavozimiga asosiy nomzod - "Bayer"ning hozirgi murabbiyi Xabi Alonso. Uning yaqinlari buni oddiy voqea deb bilishmaydi va futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkinligiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, Anchelotti klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy hisoblanadi. Jamoa uning qo‘l ostida 2 ta La Liga, 2 ta Chempionlar Ligasi, 1 ta Qirollik Kubogi, Evropa va Ispaniya Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati kubogi kabi sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!