
Kevin de Bryuyne kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
“Manchester Siti”ning eng zo‘r futbolchilaridan Kevin de Bryuyne kelajagi haqida bir qarorga kelishi talab etiladi.
Gap shundaki, 33 yoshli pleymeykerning o‘yinida pasayish kuzatilmoqda. Xosep Gvardiola uni jamoada olib qolmoqchi emas. Klub rahbariyati esa, belgiyalik o‘yinchi jamoada qoladigan bo‘lsa, yangi shartnoma bo‘yicha hozirgidan uch baravar kam maosh berilishini ta’kidlamoqda.
Mirror nashrining yozishicha, tajribali futbolchi AQSh va Saudiya Arabistoni klublaridan yaxshi daromadli takliflar borligiga qaramay, “Manchester Siti” qolmoqchi.
Manbaga ko‘ra, Kevinning asosiy maqsadi 2026 yilgi jahon chempionatiga yuqori sport formasida etib borishdan iborat. Buning uchun muhitni o‘zgartirmagani ma’qul.
Ana shuni inobatga olgan Kevin de Bryuyne “shaharliklar”dan yangi bitim olish uchun ular qo‘yadigan talablarni qabul qilishga roziligi aytilmoqda. Hatto futbolchi Xosep Gvardiola jamoasida ikkinchi darajali rollarni bajarishga ham ko‘ndi.
Fikrlar