Kevin de Bryuyne qachon qaytishi ma'lum bo'ldi
“Napoli”ning yetakchi hujumkor yarim himoyachisi Kevin De Bryune jarohatdan keyin maydonga qaytishga yaqin, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport nashri.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli belgilaylik futbolchi 22 fevral, yakshanba kuni Neapol shahriga yetib keladi va ertasi kuni reabilitatsiya jarayonini boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, De Bryune 25 oktyabr kuni “Inter”ga qarshi o‘yinda penalti tepayotganda jarohat olgan edi. 29 oktyabr kuni Belgiya ning Antverpen shahrida tajribali futbolchi operatsiya qilindi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi klub miqyosida 11 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar