
Kevin de Bryuyne: “Siti”ning qarori meni shokka tushirdi!
“Manchester Siti” yulduzi Kevin de Bryuyne joriy mavsum yakunlanishi bilan qadrdon jamoasini tark etishi hal qilingan masala.
Belgiyalik mashhur pleymeyker klub rahbariyatining u bilan xayrlashishga qaror qilganini eshitib, qay ahvolga tushganini ochiq aytdi.
- Shok bo‘ldim. Butun yil davomida men klubdan hech qanday taklif olganim yo‘q va oxirida mutasaddilar mana shunday qarorga kelganini aytishdi.
To‘g‘risi, bundan hayron qoldim, lekin ko‘nikishimga to‘g‘ri keldi. Ochig‘ini aytsam, men hali ham hozirgidek yuqori darajada o‘ynay olaman, deb hisoblayman. Lekin qaror qabul qilish klubning vakolatida ekanini ham tushunaman, - dedi Kevin de Bryuyne.
33 yoshli futbolchi 4 aprel kuni mavsum yakunlanishi bilan “Manchester Siti”ni tark etishini e’lon qildi. Oradan ikki kun o‘tib, bosh murabbiy Xosep Gvardiola bu o‘yinchining emas, klub rahbariyati qarori ekanini ta’kidladi.
Fikrlar