Kevin de Bryuyne transferi rasman e’lon qilindi

  • 12 iyun, 19:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”da o‘n yil to‘p tepib, olti marotaba Angliya chempionligiga erishgan Kevin de Bryuyne erkin agent sifatida boshqa klubga ko‘chib o‘tdi.

Tecno

“Shaharliklar” bilan xayrlashgan 33 yoshli futbolchi faoliyatini A Seriyada davom ettiradigan bo‘ldi. Italiya chempioni “Napoli” ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali belgiyalik pleymeykerning transferini e’lon qildi.

Italiya matbuoti mashhur futbolchi neapolliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolagani haqida axborot tarqatgan edi.

Keyin shartnoma bo‘yicha har yili 5 million evrodan maosh oladi.

Kevin de Bryuyne yangi jamoa topish uchun “Manchester Siti” safida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatidan voz kechdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!