Keyingi mavsum Superliga ishtirokchilari soni nechta bo‘lishi ma’lum!

  • 23.07.2019 19:31
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov assotsiatsiya rahbariyati, boshqarma hamda bo‘limlar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda futbolimizdagi mavjud muammolar hamda tashkilotning yaqin kelajakdagi rejalari muhokama qilindi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Abdusalom Azizov milliy chempionatimizda tartib intizomni kuchaytirish zarurligini ham alohida ta’kidladi.

Xozirda jamoalarda murabbiy va futbolchilar shartnomalari borasida noaniqliklar uchrab turishidan xabarim bor. Qisqa muddatli shartnomalar o‘rnini ikki tomonning majburiyatlari to‘liq aks etgan professional shartnomalar egallashi kerak. Shunda murabbiylar ham ma’lum muddat o‘z jamoasi bilan ishlab, uni kuchaytirish haqida o‘ylaydi. Futbolchilar ham bir yil o‘tar-o‘tmasdan o‘ziga boshqa klub qidirishga tushmaydi. Reglament, chempionat formati va jamoalar sonini har yili o‘zgartirishni to‘xtatamiz. Keyingi mavsumda ham jamoalar soni shunchaligicha qoladi va Superligaga chiqadigan jamoa sport printsiplari asosda kurashib yullanmaga ega chiqsin. Turli aralashuvlar orqali jamoalarni yuqori ligalarga olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga yo‘l qo‘yilmaydi, - deya ta’kidladi Abdusalom Azizov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akmal Jovliev
23/07/2019 20:09
Juda yaxshi shunday qattiyat bilan davom etsin!!! Surxonga alohida omad!!! Brazilyalik ligianerlar nima bo'ldi? Adminlar ma'lumot beringlar iltimos!
Илхом Anvarov
23/07/2019 19:50
Энди Сурхон ПФКга жуда хам фарки йук. 2 уринда тугатиши аник ва равшан!
Ilhomjon Abdurahmanov
23/07/2019 19:43
Бошланиши ёмонмас агар
&
JASUR3838
23/07/2019 19:39
Alla qachon shunday bulishi kirak edi olga uzb
&
Surxon turon
23/07/2019 19:36
Тӯппа тӯғири
&
нодирбек.фк насаф
23/07/2019 20:31
Хакикат бор жойда санкция юколмайди ?