Keyn "Ayaks"ga qarshi bo‘ladigan javob bahsida ishtirok etmoqchi

  • 02.05.2019 09:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Ayaks"ga qarshi Amsterdamdagi javob o‘yinida maydonga tushishni xohlamoqda.

Tecno

Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli angliyalik futbolchi rahbariyatdan ushbu o‘yinda ishtirok etish uchun muddatidan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishlarini so‘ragan.  

Eslatib o‘tamiz, Keyn “Manchester Siti”ga (1:0) qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi chorak final dastlabki bahsida jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, "Ayaks" - "Tottenxem" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 8 may kuni bo‘lib o‘tadi. Ularning Londonda kechgan ilk o‘yinida amsterdamliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!