Keyn Chempionlar ligasi to‘purarlariga yetib oldi
O‘zaro raqobat avjida
«Bavariya» va «Arsenal» oʻrtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi tur uchrashuvidan keyin myunxenliklar hujumchisi Harri Keyn toʻpurarlar poygasiga qoʻshildi.
Ikkinchi boʻlimda angliyalik forvard penaltiidan aniq zarba yoʻllab, jamoasini 2:1 hisobida oldinga olib chiqdi. Biroq germaniyaliklar bu natijani ushlab qola olmadi va oʻyin durang bilan tugadi - 2:2.
Shu tariqa Harri Keyn joriy mavsum Chempionlar ligasidagi gollari sonini toʻrtga yetkazdi. U toʻpurarlar poygasida Sera Girassi («Borussiya»), Ermedin Demirovich («Shtutgart»), Erling Xoland («Manchester Siti») va Nikolo Tresoldi («Bryugge») natijasini takrorladi.Ushbu futbolchilarning barchasi musobaqada hozircha toʻrt tadan gol urgan.

Izohlar (0)