Keyn Chempionlar Ligasining yangi mavsumi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

  • 15.09.2025 11:13
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi boshlanishi oldidan intervyu berdi.

Birinchi turda myunxenliklar o‘z maydonida Londonning "Chelsi" jamoasini qabul qiladi. O‘yin 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

- Eng kuchli sakkizlikka kirish muhim. Qo‘shimcha ikkita pley-off o‘yini vaziyatni ancha murakkablashtirishi mumkin - o‘tgan mavsumda bu bizning eng tiziq davrimiz edi. Umumiy bosqichda besh yoki olti o‘yinda g‘alaba qozonish, bir necha marta durang o‘ynash kerak. Turnirni yaxshi boshlash juda muhim, - dedi hujumchi.

Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida "Bavariya" chorak finalga qadar etib borgan, biroq Milanning "Inter" jamoasiga mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!