Keyn Karib orollariga nega ketdi?
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn jarohatidan tezroq sog‘ayish uchun Karib orollariga yo‘l oldi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli angliyalik futbolchi chap oyoq son mushaklaridan jiddiy jarohat olgan edi. U yanvar oyi boshida jarrohlik amaliyotini ham boshdan kechirgan edi. Shifokorlar esa uning aprel oyida to‘liq sog‘ayishini tahmin qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Keyn joriy mavsum APLda 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar