Keyn katta gapirib qo‘ydi
“Tottenxem” to‘purarr Harri Keyin yangi mavsum oldidan maqsadlarini oshkor qildi va o‘z faoliyati davomida birinchi jamoaviy sovrinni qo‘lga kiritishini ta’kidladi.
- Men odamlarga ayni kuchga to‘la ekanimni aytishni yoqtiraman. 27 yoshdaman va o‘zimni yaxshi his qilyapman. O‘yinda ko‘p narsa menga va jamoaga bog‘liq. Men uchun asosiy qadam – yangi mavsumda sovringa ega bo‘lish. Men uchun shaxsiy yutuqlar yoqimli, lekin jamoa bilan ham unvonni qo‘lga kiritish maroqli bo‘ladi, - dedi Keyn.
Yaqinda “Manchester Yunayted” rahbariyati yangi mavsumda Harri Keynni transfer qilish fikridan qaytganini e’lon qilgan edi.



Fikrlar