Keyn: "Menga maydon markazida to‘pni qabul qilish yoqadi"
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar Ligasi doirasida "Pafos" (5:1)ga qarshi bahsdan keyin fikr bildirdi. Angliyalik forvard ushbu o‘yinda dublga erishdi.
"Ha, albatta. manga ba’zan ortga qaytib, to‘pni maydon o‘rtasiga yaqinroq olish yoqadi. "To‘qqizinchi raqam" sifatida o‘ynaganda to‘pga unchalik ko‘p tegmaysan. Lekin bu kabi uchrashuvlarda, ayniqsa Nikolas oldinda bo‘lganda, o‘zimni ko‘proq o‘yinga jalb qila olaman — hujumlarni boshlayman, qanotga siljiyman, keyinchalik raqib maydonida paydo bo‘laman. Bugun bu ish berdi.
Faqat men emas, hatto Nikolas ham ba’zan ortga qaytdi — bu raqiblarni doimiy zo‘riqishda ushlab turish uchun muhim edi. U juda yaxshi o‘ynadi, uning "Bavariya"dagi ilk goliga juda xursand bo‘ldim", — dedi Keyn.



Fikrlar