Keyn Pochettinoga nega rahmat aytdi?
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn o‘z tvitterida iste’foga chiqqan murabbiyi Maurisio Pochettinoga minnatdorchilik bildirdi.
“Murabbiy. Orzularimni amalga oshirishda yordam berganingiz uchun sizdan umrbod minnatdorman. Oxirgi besh yarim yilda jamoamizda hech qachon unutilmaydigan hayratlanarli voqealar bo‘ldi. Siz mening murabbiyim bo‘ldingiz va ushbu munosabatlar uchun sizga rahmat aytaman. Hayotingizning yangi qismida sizga omad tilayman”, - deydi Keyn.
Eslatib o‘tamiz, Pochettino “Tottenxem”ni 2014 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Keyn esa 2011 yildan buyon “shporlar” futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar