
Keyn "Tottenxem" bu mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga ishonmoqda
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn jamoasi bu mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bu haqda Daily Star nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “shporlar” ayni damda musobaqaning “V” guruhida 4 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turishibdi. Ular o‘tgan mavsum finalga qadar etib borishgan va “Liverpul”ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.
“Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumi biz uchun judayam foydali bo‘ldi, biz o‘ylaganimizdan ham uzoqroqqa etib bordik.
Yana shu yo‘ldan borishimiz kerak, biz chempion bo‘lishni xohlaymiz. Agar “Tottenxem” hech bo‘lmaganda 1 ta musobaqada g‘alaba qozonsa, bu muvaffaqiyat bo‘lgan bo‘lardi”, - deydi Keyn.
Ma’lumot uchun, “Tottenxem” bugun Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turi doirasida “Tsrvena Zvezda” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar