Asosiy mazmunga oʻtish

Keyn transferi uchun dastlabki qadam tashlandi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Supertўpurar hammaga kerak

Daily Mail nashri insayderi Kreyg Xopening xabar berishicha, Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” klubi Angliya terma jamoasi sardori Harri Keynni transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar vakillari ehtimoliy transferni muhokama qilish uchun hujumchining atrofidagilar bilan aloqaga chiqqan.

Qayd etilishicha, Keynning “Bavariya” bilan shartnomasi yana bir yil amal qiladi. Futbolchining o‘zi Germaniyada o‘zini juda yaxshi his qilmoqda va hozircha asosiy e’tiborini Myunxen klubi bilan shartnomani uzaytirishga qaratgan.

Shu bilan birga, “Barselona” jahon chempionati tugagach, agar transfer shartlari qulaylashsa, ushbu masalaga yana qaytishga tayyor.

Manba ta’kidlashicha, hozircha gap muzokaralarning yakuniy bosqichi haqida emas, balki ehtimoliy bitimni dastlabki holatini o‘rganish haqida ketmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q