
Keyn yozda "Manchester Yunayted"ning taklifini ko‘rib chiqmoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn mavsum yakunlangach "Manchester Yunayted"ning taklifini ko‘rib chiqishga tayyor.
Ta’kidlash lozimki, o‘tgan yoz ham MYu iqtidorlik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan, biroq buni uddalay olmagan edi. Bu safar mankuanliklar Keynga yanada yaxshiroq taklif bilan chiqishmoqchi.
Marca nashrining xabar berishicha Keynning qaysi jamoaga o‘tishi ko‘proq jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga bog‘liq. Unga ko‘ra argentinalik mutaxassisni ko‘ndirishni uddalagan har qanday jamoa istagan futbolchisini sotib olishi mumkin.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Keynga Madridning “Real” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Qirollik klubi” shuningdek “shporlar” ustozi Maurisio Pochettinoni ham jamoa boshqaruviga taklif qilmoqchi.
Fikrlar