Kibersport ixlosmandlari diqqatiga! IT Park 129 million so‘mlik yangi musobaqa o‘tkazilishini ma’lum qildi

  • 7 iyul, 2020, 14:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

IT Park Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adrenaline Rush va ARCRED kibersport tashkiloti bilan hamkorlikda virtual o‘yin ishqibozlari uchun turnir tashkil etilayotganini e’lon qildi.

Shunday musobaqalardan biri joriy yilning 16-18 aprel kunlari o‘tkazilgan edi. Ishtirokchilar FIFA20 va Counter-Strike:Global Offensive o‘yinlari bo‘yicha bellashgan, g‘olib esa 60 million so‘m mukofotni qo‘lga kiritgan edi.

E’tiborlisi, tashkilotchilar bu safar dasturga Dota 2 va PUBG Mobile videoo‘yinlarini ham qo‘shishga qaror qilishdi va musobaqaning mukofot jamg‘armasini 129 million etib belgilashdi.

Hozircha bo‘lajak musobaqaning o‘tkazilish sanasi aniq emas. Bu boradagi yangiliklardan musobaqaning telegram kanali va IT Park’ning rasmiy saytida xabardor bo‘lib borishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!