Kikbokschilarimiz Qirg‘izistondagi turnirda 33 ta medalni qo‘lga kiritdi

14–16 noyabr kunlari Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida Alimbek Datka xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston kikbokschilari yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Medal statistikasi:
Oltin — 11 ta
Kumush — 9 ta
Bronza — 13 ta

Jami — 33 ta medal

O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!