
Kikboksing bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 21 ta medalni qo‘lga kiritdi!
Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan Budapesht shahrida 16-19 sentyabr kunlari 26 - Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ushbu nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan holda, 5 ta oltin, 6 ta kumush, 10 ta bronza, jami 21 medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, WAKO tomonidan Temur Muhammedjonov – eng yaxshi referi deb topilishi barobarida
Italiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida referilik qilishga ham yo‘llanma oldi.
Mazkur muvaffaqiyat bilan barchasini muborakbod etamiz!
Mazkur muvaffaqiyat bilan barchasini muborakbod etamiz!

Fikrlar