
Kikboksing. Farg‘onada o‘tgan O‘zbekiston kubogi o‘z nihoyasiga etdi
Farg‘ona shahri mezbonlik qilgan kikboksing bo‘yicha bolalar, o‘smirlar, yoshlar, kattalar, qizlar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi o‘z yakuniga etdi.
O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, "Andijon" viloyati jamoasi umumjamoa hisobida birinchilikni qo‘lga kiritdi. Ushbu viloyat sportchilari umumiy hisobda 99 ta medal qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan esa Toshkent shahri hamda Navoiy viloyati jamoalari joy oldi.
G‘olib va sovrindor sportchilar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu O‘zbekiston kubogida 7 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan kikboksingchilar ishtirok etdi.
Fikrlar