
Kiko Kasilyani 8-12 o‘yinlik chetlatish kutmoqda
"Lids" darvozaboni Kiko Kasilyani "Charlton"ga qarshi o‘yinda Jonatan Lekoni rasizmga bilan bog‘lik so‘zlar bilan haqoratlagani uchun uzoq vaqtlik chetlatish kutib turibdi, deya xabar bermoqda Daily Mail.
Sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan kelishmovchilikni Angliya futbol assotsiatsiyasi o‘rganib chiqdi va Kasilyani o‘yindagi rasizmga bog‘liq harakatlarini o‘rganib chiqdi va uni aybdor deb topdi.
Unga nisbatan dalillar asosli deb topildi. Endi Kasilyani 8-12 o‘yinlik diskvalifikatsiya kutib turibdi. Bu haqdagi federatsiyaning bayonoti chorshanba kuni e’lon qilinadi.
Fikrlar