Kilian Mbappe: "Birinchi muvaffaqiyatsizlikning oʻzidayoq menga nisbatan haqoratomuz gaplar aytilganini eshitdim"

  • 03.04.2026 22:17
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi hujumchisi 2021 yilda nega Frantsiya terma jamoasida faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Men penalti­ni golga aylantira olmadi­m va biz yutqazdik. Shu bilan bir qatorda Millatlar ligasida pastki Ligaga tushib ketdik. Shu vaq­tlar terma jamoadan ketishni xohlay bosh­ladim. Hech nima yoqmayotgan edi. Men terma jamoamni o‘zimning eng ustuvor vazifam sifatida ko‘rgan edim, ammo birinchi muvaffaqiyatsizlikning o‘zidayoq menga nisbatan haqoratomuz gaplar aytilganini eshitdim. O‘zimdan so‘radim: "Men maydonda kurashayotgan odamlar shularmi?" 2018 yilda Jahon chempionatida g‘olib bo‘lganmiz, meni esa milliy qahramon deb bilishganidan keyin, bularga chidash oson emasdi. Men Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti huzuriga borib, terma jamoadan ketayotganim haqida aytganimda, "Sen rostdan ham meni shunchaki senga ruxsat berib yuboradi deb o‘ylayapsanmi?" deb javob bergan edi", - dedi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe "uch ranglilar" safida 96ta uchrashuvda maydonga tushib, 56ta gol urishni uddalagan. U yana bitta gol ursa, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!