Kilian Mbappe Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadimi?
"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasinining Olimpiada o‘yinlari uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritildi.
21 yoshli futbolchining ismi jamoa ustozlari tomonidan tuzib chiqilgan 80 nafar futbochilar ro‘yhatiga kiritildi.
Yaqin vaqtlar ichida ushbu ro‘yhat 50 tagacha qisqartiriladi, yakunda umumiy 22 ta futbolchi saralab olinadi. Ularning 4 nafari 23 yoshdan katta futbolchilar bo‘lishi mumkin.
Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre esa Mbappening Olimpiadada ishtirok etishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Mbappening yoshi Olimpiada uchun mos keladi, ammo ko‘p klublar o‘z futbolchilarini yozda dam olishini xohlashadi.
Bu mavzu bo‘yicha klub prezidenti Nasser Al Xelayfi bilan suhbartlashganimda u barchasi joyida ekanligini aytdi", - deydi prezilent.

Fikrlar