Kim g‘olib bo‘ladi: Aleks Perreyrami yoki Siril Gan?
Og‘ir vaznda amaldagi UFC chempioni javob berdi
Og‘ir vaznda amaldagi UFC chempioni Tom Aspinall braziliyalik Aleks Perreyra va Frantsiya vakili Siril Gan o‘rtasidagi jang uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
"Perreyra o‘rta va yarim og‘ir vaznda yahshigina kuchga ega, biroq braziliyalik, odatda, u yerda ancha kichikroq yigitlar bilan jang qilgan. "Poatan" yirikligi bois raqiblarini nokautga uchrata olgan. Lekin Ganning gaboriti ancha katta. Og‘ir vazniga qaramasdan, juda harakatchan hamdir.
Shunday bo‘lsa-da, Sirilning "loukick"lardan himoyasi unchalik yaxshi emas. Aleks Perreyra esa loukicklarni yo‘llash bo‘yicha ajoyib mutaxassis. Hozir g‘olibni taxmin qilish qiyin. Menimcha, Gan ochkolar evaziga g‘alaba qozonadi", - dedi angliyalik.
Eslatib o‘tamiz, Siril Gan (13-2-1 N/C) va Aleks Perreyra (13-3) to‘qnashuvi 15 iyun kuni "UFC White House" turnirida o‘tkaziladi.
Izohlar (0)