
Kim munosib? Eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun yakuniy uch nomzod nomi e’lon qilindi
Yakunlanib borayotgan 2023 yilgi futbol mavsumining eng yaxshilari aniqlanmoqda.
"O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi" bo‘lish uchun nomzodlarning yakuniy uchligi e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatdan Ro‘ziqul Berdiev ("Nasaf"), Ravshan Haydarov ("O‘zbekiston U20") hamda Jamoliddin Rahmatullaev (O‘zbekiston U17) kabi murabbiylar joy olgan.
Qayd etish lozim, Ro‘ziqul Berdiev "ajdarlar" bilan O‘zbekiston kubogida zafar quchdi, shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasida qarshiliklar o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi termamiz (U20) esa jahon chempionatida nimchorak final, Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi o‘smirlarimiz esa (U17) mundialda chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar
лойик албатта улар хам муносиб лекин соврин биттада.