Kim nima desa, desin! Messi tanqidchilarga qattiq javob berdi

  • 16.07.2026 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jamoaning navbatdagi muvaffaqiyati va shu fonda yangrayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

So‘nggi paytlarda jamoatchilik orasida FIFA Argentinga haddan tashqari yordam berayotgani, bu esa jamoaga jahon chempionatida qo‘l kelayotganini haqida fikrlar ko‘paygan. 

Amaldagi jahon chempionlari yarim finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi va ikkinchi marta ketma-ket chempion bo‘lish uchun faqat bir qadam qoldi.

- Jamoamiz qilayotgan ish – aqlbovar qilmas narsa. Beshta final. Biz o‘tgan jahon chempionatida g‘olib bo‘ldik, to‘rt yil davomida eng kuchli jamoa bo‘lib keldik va yana finalda turibmiz. 

Kim nima demasin, kimni qanchalik ranjitmasin, biz barchasiga xarakterimiz va o‘yinimiz hisobiga erishyapmiz. Maydonda hech narsa o‘z-o‘zidan berib qo‘yilmaydi, – dedi Messi intervyusida.

39 yoshli Argentina terma jamoasi sardori yarim finalda ikki golli uzatma muallifiga aylandi va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan finalda Argentina Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!