
Kingsli Koman nega PSJga qaytmaydi?
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman "Pari Sen-Jermen"ga Neymar sabab qayta olmasligini aytdi.
“PSJga qaytishim qiyin. Ayniqsa, mening pozitsiyamda Neymar o‘ynashini inobatga olsak. Shuning uchun Parijga qaytish niyatim yo‘q.
Hali 8-10 yil o‘ynashim mumkin, shuning uchun oldindan aniq bir narsa deya olmayman. PSJdan yaxshi xotiralar qolgan, bu har doim mening sevimli klubim bo‘lib qoladi. Ammo bu erdan ketib, to‘g‘ri ish qildim. Agar men qolganimda, "Bavariya" bilan Chempionlar Ligasini yutmagan bo‘lardim”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
24 yoshli Koman “Bavariya” safiga 2017 yil PSJdan ko‘chib o‘tgan. O‘tgan davr mobaynida esa 161 ta o‘yinda maydonga tushdi va 33 ta gol hamda 35 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar