Kiran Ferrell: "Joshua revanshga shoshilmasligi kerak. Chunki..."

  • 02.10.2024 15:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Daniel Dyubuaning murabbiylaridan biri Kiran Ferrell Entoni Joshuaga revansh o‘tkazmaslikni maslahat berdi.

"Agar Joshua yonimga kelib, maslahat so‘rasa, unga revanshga shoshilmasllik kerakligini  aytgan bo‘lardim. Chunki Dyubua ayni paytda eng yuqori sport formasida. U 27 yoshli yirtqich sher. Men Danielning nimalarga qodirligini bilaman. U - Mayk Taysonning kattaroq versiyasi", - deya murabbiyning so‘zlarini keltirdi "Boxing Scene".

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan katta boks oqshomida Dyubua Joshuani 5-raundda nokautga uchratgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!