
Kirill Baldin: "Humo"da barcha sharoitlar ajoyib, faqat g‘alaba qozonish kerak
- O‘yinni yaxshi boshladik: tezkor gol kiritishga erishdik. So‘ngra biroz charchab qolganimiz bois biroz qiynaldik. Ammo o‘zimizda kuch topa olgan holda uchrashuv so‘nggi muvozanatni tiklashga erishdik. Muhimi, overtaymda g‘alabani o‘z tomonimizga og‘dira oldik.
- Uchinchi davrdagi muvaffaqiyatsizlik nima bilan bog‘liq?
- Menimcha, dastlabki ikki davrdan so‘ng biroz charchab qoldik. Qolaversa, konsentratsiyani yo‘qotdik.
- Qay tarzda "Humo"ga kelib qoldingiz?
- Men jamoasiz edim. Qo‘ng‘iroq qilishdi, ko‘rikka taklif qilishdi. Yig‘inlar bo‘lib o‘tdi va barchasi ma’qul tushib, shartnoma imzolandi.
- "Humo"dagi sharoitlar haqida...
- Shaxsan meni barcha narsa qanoatlantirmoqda. Muz saroyi yangi, barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Shunchaki g‘alaba qozonish kerak, tamom.
- Uzoq safarlar jamoa o‘yiniga salbiy ta’sir etmaydimi?
- Biz uchrashuvga bir necha kun oldin qolganida etib kelamiz. Bu erga uch kun oldin kelgan edik. Bir kun tiklanish mashg‘ulotdari bo‘lgan bo‘lsa, keyingi kundan to‘laqonli mashg‘ulotlar start oldi.
Fikrlar