Klaudio Pisarro yozda faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 23.04.2019 20:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Verder" klubi forvardi Klaudio Pisarro faoliyatini qachon yakunlashi borasida hali bir qarorga keldi.

Ammo, Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 40 yoshli perulik futbolchi joriy mavsum yakunlangach butsalarini mixga ilishi mumkin. “Bavariya” uni jamoaning elchisi sifatida ko‘rmoqchi. O‘z navbatida “Verder” ham uni klub tuzilmasida olib qolishni xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, Pisarro 2001-2007 hamda 2012-2015 yillarda “Bavariya” sharafini himoya qilgan. “Verder” safida esa 1999-2001, 2008-2012, 2015-2017 hamda 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!