Klinsmann murabbiylik faoliyatini qayta boshlashi mumkin

  • 17 iyul, 2019, 09:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya va AQSh terma jamoalari sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin.

Tecno

Hozirda ushbu mutaxassisga ikkinchi Bundesliganing "Shtutgart" jamoasi asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Avvalroq Klinsmann ham bunga istagi borligi haqida gapirib o‘tgan. Mutaxassis futbolchilik faoliyatini aynan shu jamoada boshlagan.

Ayni damda Yurgen RTL kanalida Germaniya terma jamoasi o‘yinlarida ekspert sifatida ishlamoqda.

Klinsmann 2006 va 2014 yillardagi mundiallarda Germaniya va AQSh termalariga ustozlik qilgan. Shuningdek, “Bavariya” klubida ham ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!